Huawei 1
“Buxoro-Samarqand-Toshkent”  yo'nalishida ketayotgan “Afrosiyob” 18 bosh qo‘yni urib yubordi

Telegramdagi kanallardan birida  “Afrosiyob poyezdi nimanidir yoki kimnidir urib ketganmi?”, sarlavhasi bilan xabar e’lon qilindi. Xabar bo'yicha Transport prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.Aniqlanishicha, 2022-yil 11-noyabr kuni soat 05:31 da “Buxoro-Samarqand-Toshkent” yo‘nalishidagi 765-sonli “Afrosiyob” tez yurar yo‘lovchi poyezdi “Zirabuloq – Kattaqo‘rg‘on” temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3816 km.
3-piketida temir yo‘l izida qarovsiz yurgan 18 bosh qo‘yni urib yuborgan.

Mazkur holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘ylarni egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Hozirgi kunda Samarqand viloyati Transportda XTB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101722 | Инструменты