Huawei 1
Buxoro shahrida joylashgan “Yangi O'zbekiston” bog'idagi daraxtlar qurib, qarovsiz qolganligi ma'lum bo'ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda  "Buxoro shahrida joylashgan “Yangi O'zbekiston” bog'idagi daraxtlarning  qurib ,qarovsiz qolganligi” yuzasidan video murojaat tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu murojaat Buxoro shahar inspeksiyasi inspektorlari tomonidan joyida borib o'rganildi.

O'rganish davomida, haqiqatdan ham bog'dagi daraxtlar qurib, qarovsiz qolganligi inspektorlar tomonidan aniqlandi.

Holat yuzasidan Buxoro shahar Obodonlashtirish boshqarmasi ma’sul xodimiga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3 400 000  so’m jarima belgilandi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102320 | Инструменты