Huawei 1
Toshkentda Telegram “Koshelyok” bo‘limida kripto aktivlarini sotgan shaxs qamaldi

Joriy yilning 23 oktyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida MJtKning 155-4-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda gumonlangan X.S.ga oid ish ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, 2024 yil 10 oktyabr kuni IIBB ATSJQKB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.S. Telegram platformasida “Koshelyok” bo‘limida iPhone 7 plus telefon apparatidan foydalanib noqonuniy ravishda kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirgani maʼlum bo‘lgan.

Huquqbuzar X.S. sud majlisida, o‘zining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi huquqbuzarlik harakatiga iqrorligini, hozirda sodir etgan qilmishidan pushaymonligini, boshqa bu kabi harakatlarni sodir etmasligini, sodir etgan qilmishining oqibatini to‘liq tushunib yetganligini, kripto-aktivlar aylanmasini qonunchilikda belgilangan tartibda oldi-sotdi qilish kerakligidan xabari yo‘qligini inobatga olib, suddan unga jazo tayinlashda yengillik berishni so‘radi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan 1 dona iPhone 7 plus rusumli telefon apparatini qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qilishni lozim topildi.

Sud hukmiga ko‘ra, X.S. MJtKning 155-4-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi va unga shu modda bilan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102321 | Инструменты