Avvalroq, Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N.(ayol) 2018-yilda tug‘ilgan bolasini qariyb ikki yil davomida muttasil kaltaklab kelgani haqida xabar berilgandi. O‘shanda holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat Kodeksining 110-moddasi, "a,v" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Bugun, 10-mart kuni Bolalar Ombudsmani bergan ma’lumotga ko‘ra, dastlabki tergov davomida fuqaro S.N.ning harakatlarida Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 2-qismida (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlanganligi sababli, 2024-yilning 1-mart kuni Shofirkon tumani IIB Tergov boshqarmasi tomonidan unga nisbatan qo‘shimcha ayblov e’lon qilingan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari tugatilib, ish materiallari qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tumani sudiga yuborilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51608 | Инструменты