2025-yil may oyi oxirida Qirg‘izistondagi barcha maktablarda, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 5–6-sinf o‘quvchilari uchun yozma va og‘zaki shaklda qirg‘iz tilidan tarjima imtihonlari o‘tkaziladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi maʼlum qildi.
Ta’kidlanishicha, imtihonlar tasdiqlangan nizom asosida tashkil etilib, ta’lim sifatini baholash va talabalarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Imtihonlarda rus tilida ta’lim olayotganlar ham ishtirok etadi, chunki qirg‘iz tili barcha maktablarda majburiy o‘quv dasturiga kiritilgani aytilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51602 | Инструменты