Huawei 1
Buxoroda Matiz haydovchisi “peshexod”dan o‘tayotgan ayolni urib yubordi

Joriy yilning 29 avgust kuni soat 18:30 atrofida haydovchi N.Z. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Matiz avtomashinasini boshqarib borayotgan vaqt piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan Z.X.ni urib yuborib, YTH sodir qilgan.

Oqibatda yo‘lovchi Z.X. olgan tan jarohatlari sabab RSHTYOIM Buxoro filialiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Buxoro shahar sudida ko‘rib chiqildi.

Sud majlisida haydovchi jabrlanuvchi Z.X.ning yo‘qolgan bir dona tilla zirak taqinchog‘i evaziga yangi olib berganligi, o‘zi oilada yagona boquvchi ekanligi, voyaga yetmagan farzandlari borligi, ikki nafar farzandi nogironligini va ularning ko‘zi ko‘rmasligini inobatga olib, qonuniy yengillik berishini so‘rab, ko‘rsatma bergan.

Biroq jabrlanuvchi tegishli diagnostika uskunalaridan o‘tish uchun xarajatlarni o‘zi qilganligi, shifokorlar unga 3 yil davomida davolanib turishligini aytganligi, haydovchi uning holidan xabar olmaganligini aytib, suddan uni haydovchilik huquqidan mahrum qilishni so‘ragan.

Sud hukmiga ko‘ra, N.Z. MJtKning 133-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va unga nisbatan BHMning 6 baravari, yaʼni 2.040.000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112222 | Инструменты