Huawei 1
Buxoroda mayning ferma tashkil etgan xonadonlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.Z. qonunga xilof ravishda “Mayning ferma” faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida 10 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 531,4 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.Sh. o‘z uyida 5 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 328,7 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100522 | Инструменты