Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi va hududiy bo’limlari xodimlaridan iborat tezkor guruh tomonidan reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, Buxoro viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida Romitan va Olot tumanlari cho’l hududlaridan saksovul o’simliklari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi. Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Romitan tumani hududida aniqlangan huquqbuzarlik bo’yicha 2 nafar fuqaroga 18 million 750 ming so’m jarima belgilandi hamda tabiatga 6 million 195 ming so’m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi (jami 24 million 945 ming so'm). Olot tumanida aniqlangan huquqbuzarlik bo’yicha esa fuqaro M.A. ga 9 million 375 ming so’m jarima qo‘llanildi hamda tabiatga 5 million 250 ming so’m zarar yetkazilganligi aniqlandi (jami 14 million 625 ming so‘m).
Alpha version: 0.9.1.19 build 111918 | Инструменты