Ukraina harbiylari Rossiyaning Bryansk viloyati Karachev shahridagi obyektga ilk bor AQSHning ATACMS raketalari bilan zarba berdi. Bu haqda Ukraina mudofaa kuchlaridagi manbalarga tayanib, “RBK-Ukraina” xabar berdi.
“Senzor.net” nashrining bosh muharriri Yuriy Butusov ham noma’lum manbaga asoslanib ma’lumotni tasdiqlagan. Ukraina armiyasi 19-noyabr kuni ertalab Bryansk viloyatidagi qurol-yarog‘ omboriga hujum qilgan. Bunda qanday quroldan foydalanilgani haqida rasmiy ma’lumot mavjud emas.
Karachev yaqinida Bosh raketa-artilleriya boshqarmasining 67-arsenali joylashgan. “Astra” nashrining yozishicha, mahalliy aholi “tun bo‘yi mahalliy chatlar va ijtimoiy tarmoqlarda portlashlar, detonatsiyalar va harbiy bazaga hujum haqida to‘xtovsiz xabar bergan”.
Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz tunda va ertalab faqatgina 13 ta dron urib tushirilgani haqida rasman xabar bergan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111920 | Инструменты