Huawei 1
Rossiya Sudanda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ydi

18-noyabr, dushanba kuni Reuters agentligining xabar berishicha, Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining Sudanga o‘t ochishni to‘xtatish va insonparvarlik yordami yetkazilishini ta’minlash bo‘yicha rezolyutsiya loyihasiga veto qo‘ydi. BMT Xavfsizlik Kengashining qolgan barcha 14 aʼzosi, jumladan Xitoy ham bunga ovoz berdi.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Britaniyani Sudan ishlariga aralashishga urinayotganlikda, ikki tomonlama standartlar siyosatida va “Britaniya neokolonializmi”ni qo‘llab-quvvatlayotganlikda aybladi.

O'z navbatida, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Rossiyaning vetosini "qo'pol, jirkanch va beadab" deb atadi va Rossiya urushayotgan tomonlarga ular jazosiz harakat qilishlari mumkinligi haqida signal berayotganini aytdi. 

"Bir davlat birlashgan jabhani taqdim etayotgan kengashga to'sqinlik qilmoqda. Bitta davlat to'sqinlik qilmoqda. Bitta davlat dunyoning dushmani", - deydi Lemmi.

Rezolyutsiya loyihasi Buyuk Britaniya va Syerra-Leone tomonidan tayyorlangan. U mojaro tomonlarini “harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga va zudlik bilan milliy oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishib olish maqsadida mojaroning keskinligini pasaytirish boʻyicha qadamlar toʻgʻrisida kelishib olish uchun yaxshi niyat bilan muloqotga kirishishga” chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111920 | Инструменты