Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborildi.
Davlat rahbari o‘z nutqida yuksak ishonchga sazovor bo‘lib, Senat aʼzosi etib saylanganlarni samimiy muborakbod etdi.
Ilgari senatorlar nazorat tadbirlarida yoki saylovchilar bilan uchrashuvlarda qonunlarda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vakolatga ega emas edi. Yangilangan Konstitutsiyada Senatga qonunchilik taklifini kiritish huquqi berilishi bilan masala o‘z yechimini topdi.
Ularning mazmun-mohiyatini xalqimizga, xorijiy va mahalliy ekspertlarga yetkazishda senatorlarimiz faol bo‘lishlari lozim. Ammo, afsuski, ularning bu boradagi roli yetarli darajada sezilmayotgani qayd etildi.
Mahalliy kengashlar faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish Senatning ustuvor vazifasi bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi.
Yangilangan Konstitutsiya talabi asosida mahalliy kengashlar yaqinda hokimlarni lavozimga tasdiqlashda ularning hududni rivojlantirishga oid dasturlarini ilk bor ko‘rib chiqib, maʼqulladi.
Shuningdek, yangi yildan 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar, 50 ga yaqin imtiyozlarni o‘zida mujassam etadigan yagona “Ijtimoiy karta” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, Sodiq Safoyev Senat raisining birinchi o‘rinbosari, Amanbay Orinbayev Senat raisi o‘rinbosari lavozimlarini saqlab qoldi. Prezident senatorlar tomonidan Senat raisi va uning o‘rinbosarlari etib saylangan Tanzila Narbayeva, Sodiq Safoyev, Amanbay Orinbayevni ularga bildirilgan yuksak ishonch bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida yutuq va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tiladi.
Prezident Senatni aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, yosh avlod ongiga qonunga hurmat, to‘g‘rilik va halol mehnat tushunchalarini singdirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq Ekologiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov o‘z vaqtida prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida qatnashgandi.
Unga ko‘ra, Bobur haykali uning o‘zi tug‘ilib o‘sgan "Eski shahar" hududidagi “Registon” maydoniga ko‘chiriladi.
Bosh vazir imzolagan qaror bilan, Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldidagi vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. Amaldagi hukumat yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda joylarda o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.
“O'quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Nizom bir qarz oluvchi, o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikka qo‘yilgan talablarni, shuningdek, bankka aloqado bo‘lgan shaxslar bilan bitimlar tuzish va bitimlar hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111920 | Инструменты