Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 28-yanvar kuni 12:34 larda tuman markazida sodir bo‘lgan. Unda xizmat olib borayotgan YPX xodimi qoidani buzib, boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit berib to‘xtab turgan Cobalt haydovchisiga noto‘g‘ri to‘xtab turganligi va ushbu qoidabuzarlik yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishini ma’lum qilgan.
Shundan so‘ng, 1980-yilda tug‘ilgan haydovchi YPX xodimining qonuniy talabini bajarmasdan xodimning ustiga avtomobilni boshqarib, uni urib yuborgan hamda ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Matiz bilan to‘qnashgan.
Natijada, YPX tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati Jondor tumani prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qashqadaryoda soxta IIO xodimi ushlangani haqida xabar bergan edik. Ushbu shaxs katta leytenant unvoni bilan fuqarolarni aldab, ularning ishonchiga kirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13023 | Инструменты