Buxorodagi dalada daraxtlar ildizi bilan qo'porib tashlanayotganiga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxorodagi dalada ko'p yillik daraxt va butalar ildizi bilan qo'porib tashlanayotgani haqidagi xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i hamda inspektorlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
Ma'lum qilinishicha, o‘rganishda mazkur daraxt va butalar kesilgan yer maydoni “Buxoro mevalar kamalagi” FX raxbari I.O‘rinovga tegishli ekanligi aniqlandi. Tuman sektor rahbarlari va soha mas’ullari tomonidan fermer xo‘jalili rahbari I.O‘rinov bilan olib borilgan suhbatda, fermer xo‘jaligi rahbari yer maydonidagi daraxt ko‘chatlari 5 yildan buyon hosilga kirmaganligi sababli boshqa mevali daraxt ko‘chatlariga almashtirish maqsadida qazib olganligini bildirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-yanvardagi 43-son Qarorining 4-bob 37-bandida yuridik yoki jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan va ular tomonidan yog‘och-taxta va hosil olish uchun ekilgan daraxtlar va butalarni kesishga Davlat ekologiya qo‘mitasi organlarining xulosasi talab etilmasligi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida daraxtlar tagi betonlab tashlangani aniqlandi.
Sirdaryodagi istirohat bog'ida daraxtlar tagi betonlab ketildi.
Andijonda obodonlashtirish xodimlari 28 tup uzoq yillik archalarni kesib tashlagani aniqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50209 | Инструменты