Huawei 1
Buyuk Britaniya o‘zbekistonliklar uchun mavsumiy ishlarga kvotalar sonini oshiradi

Buyuk Britaniyadagi rekruting kompaniyalar vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. 

Muloqot Migratsiya agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti (MOM), Buyuk Britaniyaning Seasonal Workers Scheme (SWS) loyihasi doirasida faoliyat yurituvchi rasmiy operatorlar va ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi ALP (Ishchi kuchi yetkazib beruvchilar asotsiatsiya) hamda GLAA (Mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tashkilot) tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Foto: Migratsiya agentligi matbuot xizmati

Unga Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston bilan ishlab kelayotgan ikki kompaniyasi bilan bir qatorda “Agri-HR-Ltd”, "Fruitful jobs LTD", "Concordia Charity" kabi yangi rekruting tashkilotlari rahbarlari ham jalb qilindi.

Angliyadagi mavsumiy ishlarga o‘zbekistonliklarni jalb qilish mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi. Nomzodlarni topish, saralash, imtihon jarayonlarini shaffof tashkil qilish bunda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.

Foto: Migratsiya agentligi matbuot xizmati

Agentlik rahbariyati Angliyaning O‘zbekiston bilan ishlash istagidagi barcha rekruting operatorlari bilan shartnoma tuzib, O‘zbekiston fuqarolari uchun ajratiladigan kvotalar sonini ko‘paytirishga kelishib oldi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Qatar o‘zbekistonliklar uchun mamlakatdagi ish o‘rinlari sonini oshirishi haqida xabar bergan edik. Unga ko'ra, Migratsiya agentligi va Qatarning eng yirik davlat rekruting kompaniyasi “Jusour” bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, endi Qatarda ishlash istagida bo‘lganlar uchun 10 kun muddatda ishchi vizasi chiqadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12709 | Инструменты