Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 2024 yil 31-oktabr soat 23:50dan 5-noyabr soat 23:50gacha profilaktik ishlar olib borilishini bildirdi.
"Mazkur vaqt oralig‘ida chiqindi xizmati uchun barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirishda hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olish, abonent to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘zgartirish, qo‘shish va o‘chirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar bo‘lishini maʼlum qilamiz", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61806 | Инструменты