Huawei 1
Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 441 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “L.P.” MCHJ rahbari A.B. MCHJga baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun ajratilgan hududdan o‘zboshimchalik bilan 33,2 ming kub metr. hajmdagi qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 3,1 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda viloyat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli Karmana tumani, “Yangi ariq” MFY hududida joylashgan yer maydonidan 79,3 ming kub metr. hajmdagi qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,1 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiisteʼmol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91801 | Инструменты