Huawei 1
Chirchiq daryosiga rangli eritmalar bilan ifloslangan oqova suvlar tashlanayotgani aniqlandi

Facebook'da Chirchiq daryosiga rangli oqovalar tashlanayotgani aks etgan suratlar tarqaldi. 

Ma'lum bo'lishicha, haqiqatan ham  Chirchiq daryosining Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, "Chingeldi" mahallasida hududidan o‘tuvchi qismiga rangli eritmalar bilan ifloslangan oqova suvlar tashlangan.

Davlat ekologiya qo‘mitasi va ekologiya xodimlarining aniqlashicha, ushbu oqovalarning hosil bo‘lish manbai "Toshkent suv ta’minoti"ga qarashli "Chirchiq oqova tozalash inshooti” ekan. 

Holat bo‘yicha laboratoriya tahlillarini o‘tkazish maqsadida analitik nazorat markazining mutaxassislari jalb etildi.  Suv tahlillari uchun Chirchiq daryosiga chiqaruvchi oqova suvlar tashlama nuqtasidan, daryoga qo‘shilish va 500 m quyi nuqtalaridan suv namunalari olinib, tahlillar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan Chirchiq oqova tozalash inshootining tozalash samaradorligi 40-50 foizdan ham pasayib ketganligi tasdiqlandi.

Bundan tashqari, mazkur inshootga me’yordan ortiqcha ifloslangan turli rangli eritmalar tutgan oqova tashlaydigan 10 ta yirik korxonalar, shu jumladan, 6 ta tarkibida bo‘yoq sexlari bo‘lgan to‘qimachilik korxonalar ro‘yxati shakllantirildi. 

Chirchiq shahridagi hamda Bo‘stonliq tumanidagi tarkibida bo‘yoq sexlari bo‘lgan yirik to‘qimachilik korxonalarining oqova tozalash inshootlarini o‘rganish maqsadida ekologik nazorat tadbirlari tashkil qilinmoqda.  Buning uchun belgilangan tartibda “Biznes Ombudsman”ga buyurtmalar tayyorlanib kiritiladi.  

Ushbu tozalash inshooti 1975-yilda qurilgan. Uning tozalash texnologiyasi va qurilmalari eskirgan. Shuningdek, quvvati 80 ming metr kub sutka bo‘lgan bo‘lgani holda Chirchiq shahri, Bo‘stonliq va Qibray tumanlarining aholisi va sanoat korxonalarining oqovalarini qabul qilib kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22202 | Инструменты