Huawei 1
Chirchiqda kanalga tushib ketgan Spark olib chiqildi

24-iyun kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 53 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Spark ariqqa tushib ketdi. Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi bu bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Iqbol mahallasida yuz bergan voqea aks etgan videoda Spark suv yuzasida oqim bo‘ylab oqib ketayotgani, mahalliy fuqarolar esa uni to‘xtatishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi ayol mashinani orqaga harakatlantirayotganda boshqaruvni yo‘qotgan, so‘ng avtomobil suvga tushib ketgan. Avtoulov mahalliy fuqarolar va shahar FVB xodimlari bilan hamkorlikda qutqarib olingan. Voqeada tan jarohati olganlar yo‘qligi qayd etildi.

Avtomashina suvdan olib chiqildi. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92822 | Инструменты