Minnesota universiteti olimlari noodatiy meteoritni topishga muvaffaq bo‘ldi — u qadimda yo‘q bo‘lib ketgan sayyoradan uchib kelgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi New Scientist.
Yerga qulaydigan meteoritlarning aksariyati Oy, Mars yoki yirik asteroidlarga aloqador bo‘ladi. Ammo ularning qariyb 0,2 foizi qayerdan kelib chiqqani noma’lum. Og‘irligi 2,84 kilogrammni tashkil etadigan NWA 15915 meteoriti ham shular qatorida.
Ushbu meteorit 2023 yilda Jazoirdan topilgan edi. Tadqiqotchilarning taxminicha, u millionlab yillar oldin yo‘qolib ketgan sayyorada shakllangan bo‘lishi mumkin. Tahlillarga ko‘ra, meteorit avgit (76,7 foiz) va enstatitdan (20,2 foiz) iborat.
Tadqiqot muallifi Jyennifer Mitchellning ta’kidlashicha, elektron mikroskop va sprektroskopik uskunalar yordamida o‘tkazilgan tahlillar u Merkuriydagi kabi sharoitlarda hosil bo‘lganini ko‘rsatgan. Osmon jismidan kislorod miqdori kam bo‘ladigan muhitda shakllanuvchi minerallar topilgan. Bu Merkuriyga xos xususiyat hisoblanadi, ammo Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralarda kuzatilmaydi.
Bundan tashqari, NWA 15915 tarkibida magnit xususiyatlariga ega boy metallar minerallar mavjud. Uning tuzilishi jinsning sekin sovuganini ko‘rsatadi, bu esa yirik osmon jismlariga xos. Ushbu xususiyatlarni inobatga olgan holda, olimlar meteorit qadimda Quyosh tizimining ilk davrlarida mavjud bo‘lgan va allaqachon parchalanib ketgan sayyoraning bir qismi bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda.
12 mart kuni Texasda o‘tkazilgan konferensiyada Jyennifer Mitchell yana bir meteoritni taqdim etdi — u 2023 yilda Tunistdan topilgan Ksar Gilan 022 meteoritidir. U ham NWA kabi geologik xarakteristikaga ega, ammo magnit xususiyatlari bilan farqlanadi. Bu ikkala meteorit bir-biriga o‘xshash, ammo turli kosmik obektlarga taalluqli ekanini ko‘rsatadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32204 | Инструменты