Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Qorako'l va Peshko' tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan cho'l hududida nazorat reyd tadbiri o'tkazildi.
Olib borilgan reyd tadbirlari davomida, Qorako'l tumanidan 46 nafar fuqaro va Peshko' tumanidan 2 nafar odam ovchilik yo'llanmasini olmay turib ov qilayotganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan 6 nafar huquqbuzarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularning har biriga 3 400 000 so'mdan jarimaga belgilandi.
Ma'lumot uchun, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomani, ovchilik yo‘llanmasini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasini) yonida olib yurishi qonun bilan belgilab qo'yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122211 | Инструменты