“Cyber university” davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida” prezidentning qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:
– axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-taxdiliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash;
– raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
– o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;
– yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qo‘shimcha shart- sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan ta’minlashda saralash va qamrovni kengaytirish;
– o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va iste’molchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;
– tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv- metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.
Ma'lumot o'rnida, bundan oldin Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etilishi haqida xabar bergan edik. Muhandislik, geologiya, ishlab chiqarish, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari va dasturlash, xizmat ko'rsatish hamda irrigatsiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalari bo'yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12215 | Инструменты