Huawei 1
Nish-2025: Bokschi qizlarimizdan tarixiy natija

Serbiyada tashkil etilayotgan boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda

Ortda qolgan chorak final bahslarida 4 nafar hamyurtimiz gʻalaba qozondi va yarim final yoʻllanmasiga sazovor boʻldi. Maʼlumki, bu bosqichga yetib kelgan har bir ishtirokchi oʻzi uchun kamida bronza medalini naqd qiladi. Oʻzbekistonlik bokschi qizlar hali hech bir dunyo birinchiligida 4 ta medal qoʻlga kiritmaganini inobatga olsak, bu jamoamiz uchun tarixiy chempionatga aylanmoqda.

-50 kg: Sabina Boboqulova - Zlatislava Chukanova (Bolgariya) 5:2
-60 kg: Sitora Turdibekova - Viktoriya Grafeyeva (Qozogʻiston) 0:5
-66 kg: Navbahor Hamidova - Muniya Tutire (Marokash) 5:0
-81 kg: Sohiba Roʻzmetova - Busra Isildar (Turkiya) 0:5
-48 kg: Farzona Fozilova - Anaxanim Ismailova (Ozarbayjon) 5:0
-52 kg: Feruza Kazakova - Imane El Aʼzami (Marokash) 5:0
-57 kg: Nigina Oʻktamova - Andela Brankovich (Serbiya) 0:5
-75 kg: Aziza Zokirova - Aofe Oryurki (Irlandiya) 1:4

Bugun yarim final bosqichida ringga koʻtariladigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:

-48 kg: Farzona Fozilova - Yuliya Chumgalakova (Rossiya)
-50 kg: Sabina Boboqulova - Xu Meiyi (Xitoy)
-52 kg: Feruza Kazakova - Pang Chol Mi (KXDR)
-66 kg: Navbahor Hamidova - Albina Moldajanova (Rossiya). 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31418 | Инструменты