Prezidentning "Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.
Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘zlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan bo‘sh yer uchastkalarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi.
Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillarini qo‘llab-quvvatlash va yanada rag‘batlantirish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish maqsadida:
• 2018-2022 yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish uchun Davlat budjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi;
• 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab bir vaqtning o‘zida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsdan ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.
Farmon bilan 2024-2025 yillarda maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Hujjat bilan prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, shuningdek, ularning ayrimlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122120 | Инструменты