Huawei 1
Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi holatlariga chek qo'yilmoqda

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va tashkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, Transport, Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda, ularda faoliyat yuritayotgan 116 nafar boshqaruv xodim 107 ta tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi.

Jumladan, Transport vazirligining 50 ta boshqaruv xodimlari 55 ta tadbirkorlik subyektlarida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 37 ta boshqaruv xodimlari 39 ta tadbirkorlik subyektlarida hamda Madaniyat vazirligining 20 ta boshqaruv xodimlari 22 ta tadbirkorlik subyektlarida taʼsischilik asosida faoliyat yuritib kelgan.

Yuqoridagi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha mazkur vazirliklarga agentlik tomonidan kiritilgan taqdimnomalar ushbu vazirliklar tomonidan tanqidiy muhokama qilindi va tadbirkorlik subyektlarida ta’sischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari berilib, qayd etilgan qonunbuzilishi holatlari bartaraf etilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91807 | Инструменты