Huawei 1
Dehqonobodda 100 dan ortiq Zarafshon archalari kesilgani aniqlandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligi Duob oʻrmon boʻlimi hududida jami 104 dona Zarafshon archa daraxtlari tag qismidan kesilganligi va oʻsishdan toʻxtamas darajasida shikastlantirilganligi aniqlandi.

Xususan, Duob oʻrmon boʻlimi 4 sarhad hududida fuqaro K.M. tomonidan 3 dona Zarafshon archa daraxtlari tag qismidan o‘sishdan toʻxtash darajasida kesib tashlanganligi aniqlangan va  fuqaroga nisbatan jarima qo‘llanilib, Oʻrmon xoʻjaligiga yetkazilgan 51 million 810 ming soʻm zarar hisoblangan, Fuqarolik ishlari boʻyicha Gʻuzor tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilgan va sudning hal qiluv qarori chiqarilgan. Shuningdek, Duob oʻrmon boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlagan Z.B. hamda 4 sarhad oʻrmon qoʻriqchisi vazifasida ishlagan H.E.ga oʻz lavozim vazifasiga loqaydlik bilan qaraganligi uchun maʼmuriy jarima qoʻllanilgan. 

Bundan tashqari, shu hududda Zarafshon archa daraxtlarining 38 donasi nomaʼlum shaxslar tomonidan tag qismidan va  yon shoxlari kesilganligi  aniqlanib, oʻrmon qoʻriqchisi H.E.ga takroriy maʼmuriy jarima qo‘llanilib, oʻrmon xoʻjaligiga 94 million 387 ming 500 soʻm zarar yetkazilganligi hisoblangan va Fuqarolik ishlari boʻyicha G‘uzor tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritilgan. 

Bundan tashqari, Duob oʻrmon boʻlimi 3 sarhad hududida ham nomaʼlum shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda 6 dona Zarafshon archa daraxtlari o‘sishdan toʻxtash darajasida tag qismidan va o‘sishdan toʻxtamaslik darajasida kesib ketilganligi aniqlangan. Hudud oʻrmon qoʻriqchisi R.B.ga nisbatan ma'muriy chora qoʻllanilib, o‘rmon xoʻjaligiga yetkazilgan 41 million 400 ming soʻm zarar yetkazganligi ma’lum bo‘lgan va hujjatlar sudga yuborilgan.

Qolaversa, aynan mazkur hududda fuqaro H.A. tomonidan 8 dona (zarar miqdori  25 million 387 ming 500 so‘m) Zarafshon archasi tag qismidan va yon shoxlari kesilayotganligi aniqlangan va ma’muriy jarima qo‘llanilib, hujjatlar  Fuqarolik ishlari boʻyicha G‘uzor tumanlararo sudiga yuborilgan.

Shu bilan birga, nomaʼlum shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda 49 dona Zarafshon archa daraxti o‘sishdan toʻxtash darajasida tag qismidan va yon shoxlari o‘sishdan toʻxtamaslik darajasida kesib ketilgan. Natijada oʻrmon xoʻjaligiga 176 million 587 ming 500 soʻm zarar yetkazilgan va zararni undirish uchun hujjatlar Dehqonobod tuman prokuraturasiga oʻtkazilgan. 

Duob oʻrmon boʻlimi hududida jami 104 dona Zarafshon archa daraxti tag qismidan kesilgan va oʻsishdan toʻxtamas darajada shikastlantirilgan.  Holatlar yuzasidan oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan maʼsul shaxslarga, huquqbuzarlarga nisbatan chora belgilash masalalari koʻrib chiqilmoqda.

Mavzuga oid:

 Xalal berayotgan daraxtlarni kesishni so’ragan fuqaro murojaati o’rganildi

Toshkent viloyatida 4 tup yong‘oq daraxtini kesib tashlagan fuqaro tabiatga 247 mln so'm zarar yetkazdi

Sirdaryoda 21 tup qayrag‘och daraxtini kesganlar 2 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 13101 | Инструменты