Qonunchilik palatasi deputatligiga siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlar orasida ayollar soni 391 nafarni yoki 44,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva maʼlum qildi.
Islohotlar natijasida O‘zbekiston tarixida ilk marotaba milliy parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, mamlakatimiz parlamenti xotin-qizlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta parlament orasida 52-o‘ringa ko‘tarilgan edi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan "Siyosiy jarayonlarga befarq emasman" shiori ostidagi targ‘ibot kampaniyasi olib borilmoqda.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi, O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi va Turin politexnika universiteti tomonidan joriy yilning 7-11 oktyabr kunlari Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligi o‘tkaziladi.
Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘layotgan 200 dan ortiq xotin-qizlar o‘z biznes g‘oyalari bilan ishtirok etadilar.
Turin politexnika universitetida “Ixtirochi ayollar-2024” ko‘rgazmasi ko‘rgazmasi tashkil qilinadi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston va Koreya ixtirochi hamda tadbirkor ayollari innovatsion loyiha va mahsulotlari bilan ishtirok etishadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122120 | Инструменты