Huawei 1
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita “Umra” tadbirlarini tashkil etayotgan turoperatorlarni ogohlantirdi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita “Umra” tadbirlarini tashkil etayotgan turoperatorlarga ogohlantirish bilan chiqdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlar bo‘yicha reklamalar faollashgani, asosan, tegishli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan tur kompaniyalar mazkur xizmatlarni reklama qilayotganligi kuzatilmoqda. Ayniqsa, joriy yilning oktabr-dekabr oylarida “Umra"ga yuborish bo‘yicha xizmatlar keng reklama qilinmoqda.

Unga muvofiq litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlar tomonidan “Umra” xizmatlarni ko‘rsatish mazkur sanagacha amalga oshiriladi. Undan keyin esa bu bo‘yicha barcha turdagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning izoh berishicha, bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinib, unda turoperatorlarga qo‘yiladigan yangi talablar belgilanadi.

Yuqoridagi qonun bilan qo‘mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ hisoblanadi. Bu boradagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdori BHMning 200 baravari (68 mln so‘m) etib belgilangan.

Shu bilan birga, mazkur faoliyatni litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji BHMning 10 baravarini (3,4 mln so‘m) tashkil etadi.

Qo‘mita fuqarolarni “Umra” amallarini xavfsiz bajarishlari, keyinchalik turli ko‘ngilsiz holatga tushib qolmasliklari uchun ishonchli va kafolatlangan turoperatorlar xizmatidan foydalanishga chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92419 | Инструменты