Huawei 1
24-sentyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Nyu-York shahrida bo'lib o'tgan BMTning Kelajak sammitida ishtirok etdi

Baxtiyor Saidov 22-23-sentyabr kunlari Nyu-York shahrida "Yaxshi kelajak uchun ko'p tomonlama yechimlar" shiori ostida bo'lib o'tgan BMTning Kelajak sammitida ishtirok etdi.

Aholi turmush farovonligi yanada oshiriladi

Farmonga ko'ra, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambag'allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi.

Kambag'al oilalar reyestri shakllantiriladi

Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-dekabrdan “mahalla yettiligi” tomonidan kambag'al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag'allikka tushish sabablarini o'rganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag'al oilalar reyestri shakllantiriladi.

Eng og'ir ahvoldagi 1000 ta mahalla infratuzilmasi yaxshilanadi

“Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

DXX: Namangan, Xorazm, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qoʻyildi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kambag'al oilalar farzandlari davlat bog'chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

2025/2026-o'quv yilidan, kambag'al oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.

O‘zbekiston Kabo-Verde va Seyshel orollari bilan qo‘shma kommyunike imzoladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kabo-Verde tashqi ishlar, hamkorlik va mintaqaviy integratsiya vaziri doktor Ruy Alberto de Figeyredo Soaresh va Seyshel orollari tashqi ishlar va turizm vaziri Silvestr Radegond janoblari bilan uchrashdi.

Rahbarlar va ularning o'rinbosarlariga og'ir ahvoldagi kambag'al oilalar biriktiriladi

Qarorga muvofiq, Jamoat ishlari jamg'armasi, Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hamda Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi negizida Kambag'allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg'armasi tashkil etiladi.

Farg‘onada voyaga yetmagan "vayner"ning otasi jazolandi

Farg‘onada yosh bolalar sevgi haqida videolar ishlagani uchun ularning otasi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

O'zbekistonda aliment to‘lovlari oshadi

2024-yil 1-oktyabrdan ishsiz aliment to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan aliment miqdori ham o‘rtacha 10 foizga oshadi.

Qoraqalpog‘istonda 18 kg giyohvandlik moddasini O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xokkey sporti yanada rivojlantiriladi

O'zbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi bo'yicha sport klublari va nodavlat sport ta'lim tashkilotlari uchun foyda solig'i 3 yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi.

O‘zbekistonning 6 mln aholisi ijtimoiy himoyaga muhtojligi aytildi

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga bir kunning o‘zida 10-15 nafar odam yordam so‘rab murojaat qiladi. Shuning o‘zi ham mamlakatning ijtimoiy ahvoli yomon qatlami soni ko‘pligini ko‘rsatadi.

Toshkentda 110 tezlikda harakatlangan Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga chora ko'rildi

Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.

Butunjahon olimpiadasida sovrinli o‘rin olgan shaxmatchilarga avtomobil sovg‘a qilindi

Toshkent xalqaro aeroportida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 3-o‘rinni egallagan shaxmatchilar kutib olindi.

Tijorat banklarida depozitlar qoldig‘i o‘sdi

Markaziy bankning maʼlum qilishicha, avgust oyida tijorat banklaridagi depozitlar qoldig‘i 7,7 trillion so‘mga o‘sib, 283,1 trillion so‘mga yetgan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita “Umra” tadbirlarini tashkil etayotgan turoperatorlarni ogohlantirdi

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlar bo‘yicha reklamalar faollashgani, asosan, tegishli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan tur kompaniyalar mazkur xizmatlarni reklama qilayotganligi kuzatilmoqda.

Samarqandda uy olish uchun 13 yoshli qizini pullagan ona qamaldi

Asli qashqadaryolik bo‘lgan 41 yoshli ayol tirikchilik uchun Samarqandga kelib, o‘zining 13 yoshli qizini pullashga urindi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92421 | Инструменты