Qashqadaryoda ayolni eri va yaqinlari kaltaklab, sochini kesib tashlagani yuzasida qo’shimcha ma’lumot berildi

Qashqadaryoda xiyonat qilganlikda gumonlangan ayolni eri va uning yaqin qarindoshlari do’pposlagani haqida xabar bergandik. 

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog’ tumani IIB huzuridagi tergov bo’linmasi tomonidan “mushtumzo’rlarga” JKning 138-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo’zg’atilgan.

Viloyat IIBning xabariga ko’ra, ayblanuvchilardan biriga JPKning 221-moddasi bilan qamoq ehtiyot chorasi qo’llandi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51421 | Инструменты