Doniyor Komilovga tegishli bo‘lgan Petroleum Technology Group kompaniyasi "Chinoz neftni qayta ishlash zavodi" MChJni sotib oldi.
Chinoz neftni qayta ishlash zavodi 2016 yilda ishga tushirilgan. Zavod 2022-yilda sotuvga chiqarilgan, 2023-yil boshida xaridorlardan takliflar qabul qilingandi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xususiylashtirishning keyingi taqdiri haqida boshqa axborot taqdim etmagan.
Avvalroq Doniyor Komilov O‘zbekistonda 78 ta zapravkaga ega bo‘lgan UNG Petro kompaniyasining yangi egasiga aylangani ma’lum bo‘lgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122120 | Инструменты