Huawei 1
DXX va IIV 5 kun ichida 439 kishini qamoqqa oldi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tuzilmalari tomonidan joriy yilning 27-31 yanvar kunlari mamlakat miqyosida “Antiterror-tozalash” keng ko‘lamli tadbirlari o‘tkazildi va jinoyat ishlari doirasida 169, ma’muriy ishlar doirasida 270 kishi qamoqqa olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs va jinoiy guruhlarni aniqlash maqsadida jami 946 ta maxsus tadbirlar o‘tkazilgan. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishga moyil, respublikadagi kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 418 nafar shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, jinoyat ishlari doirasida 169 nafar shaxslar qamoqqa olinib, 42 ta jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yilgan. 399 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 270 nafari ma’muriy qamoqqa olingan. 109 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlangan.Bundan tashqari, 536 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 402 nafari rasmiy ogohlantirilgan. Tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan 80 ta qurol o‘q-dorilari bilan, 30 kg 337 gr giyohvandlik vositalari, 4 ming 521 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, 186 dona tig‘, 22 dona bita va 17 dona kastetlar olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20101 | Инструменты