Huawei 1
Ekologik obyektlarda o’zbek tili qoidalariga amal qilish lozimligi ta’kidlandi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida o'zbek tilining 35 yilligiga bag'ishlangan "Til millat g'ururi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining atoqli shoirlari hamda Fanlar akademiyasi xodimi  ishtirok etib, tilimizning tarixi va buguni haqida so’z yuritildi. 

Shuningdek, o'zbek tilining ekologiya sohasida ham katta ahamiyat kasb etishi va sohadagi atamalar lug'atini shakllantirish kerakligi ta'kidlandi. Yurtimizning ekologik obyektlarida joylashgan barcha yozuvlar, peshtaxtalar, o'quv qo'llanma hamda barcha turdagi hujjatlar o'zbek tilida yuritilishi qayd etildi. Bu borada imlo xatolariga yo'l qo'ymagan holda lotin alifbosiga amal qilish lozimligi qayd etildi. 

Tadbir davomida atoqli shoirlarning ma'ruzalari va tilimiz haqidagi she'rlari tinglandi.

Ma’lumot uchun, o'zbek tili tarixi ming yillarga borib taqaladi. Hozirgi kunda ona tilimizda 50 milliondan ortiq insonlar so'zlashadi va 70 dan ortiq oliy ta'lim muassasalarida o'zbek tili fan sifatida o'qitilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102318 | Инструменты