Huawei 1
"Janubiy Kemachi" konini raqamlashtirish hisobiga yiliga 28 mln kub metr qo‘shimcha gaz olishga erishildi

“Janubiy Kemachi” konini raqamlashtirish hisobiga, yo‘qotish 3 foizga kamayib, yiliga 28 million kub metr qo‘shimcha gaz olishga erishildi. AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zbekneftgaz”AJ axborot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov “E-KON” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasi haqida maʼlumot berdi:

“E-KON” — bu konlar va quduqlarni raqamlashtirish maqsadida joriy etilgan innovatsion raqamli dastur. Loyiha doirasida konlarning ish rejimi va mahsuldorligi haqidagi maʼlumotlarni onlayn monitoring qilish va boshqarish imkoni yaratildi.

2020 yilda “O‘zLITIneftgaz” AJ katta tajribaga ega kompaniya sifatida “E-KON” loyihasini amalga oshirish uchun tanlandi. 

Hozirgi kunda Sho‘rtan, Muborak, Gazli va Vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarida jami  4500 ortiq bosim va haroratni o‘lchash moslamalaridan har 5 daqiqada quduqning ishlash holati ko‘rsatkichlari qabul qilib olinib, tarixi yozib borilmokda. Buning uchun 86 ta aloqa stansiyasi o‘rnatildi. Barcha quduqlar raqamlashtirilib dasturiy taʼminotga ulandi.

Keyingi bosqichda yana 80 ta gaz yig‘ish joyida tabiiy gazni dastlabki tayyorlash va uning sarfini o‘lchash qurilmalarini o‘rnatish, ulardan maʼlumot yig‘ish, tahlil qilish, boshqarish uchun yagona dasturiy tizimni ishlab chiqish rejalashtirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102320 | Инструменты