Huawei 1
O'zbekiston hududlari va Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyati o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik yuqori darajaga ko'tariladi

O'zbekiston diplomatlari 17-19-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatida bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Tashrif doirasida O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Sharqiy Ozarbayjon viloyati hokimi Baxrom Sarmast bilan uchrashuv o'tkazdi.

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Eron o'rtasidagi munosabatlarni yana-da rivojlantirish, savdo, investitsiya, transport, logistika va boshqa muhim sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Eron tomoni O'zbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, investorlar va tadbirkorlar uchun yaratib berilayotgan qulayliklar, shart-sharoitlar va imtiyozlar bilan tanishtirildi.

Ikki mamlakat hududlari o'rtasidagi hamkorlikni turli sohalarda, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va madaniy-gumanitar jabhalarda yangi bosqichga ko'tarish masalalari e'tibor qaratildi.

"O'zbekiston va Eron o'rtasidagi o'zaro hamkorlik munosabatlarini jadal rivojlanishida hamda ikki mamlakat o'rtasidagi savdo hajmini oshirishda Tabriz tomoni o'z hissasini qo'shishga tayyor. O'zbekiston va Eron o'rtasida o'zaro savdo aloqalarini rivojlantirishda ishbilarmon doira vakillarining hududlarga o'zaro tashriflarini va savdo ko'rgazmalarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi", - dedi Sharqiy Ozarbayjon viloyati hokimi Baxrom Sarmast

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102320 | Инструменты