Huawei 1
Raqobat qo‘mitasiga 9 oyda iste'molchilardan 39 302 ta murojaatlar kelib tushgan

Raqobat qo‘mitasiga 2024 yilning 9 oyi davomida jami 39 302 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 21 562 ta elektron 14 986 og‘zaki 2 757 ta yozma murojaatlarni tashkil etdi.

Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarning asosiy qismi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunchilik (raqobatni cheklovchi xarakatlar, monopolist korxonalar bilan bog‘liq), savdo, maishiy va qurilish xizmati ko‘rsatish, aloqa va transport xizmati, kommunal soha va boshqa masalalariga to‘g‘ri kelmoqda. 

Shuningdek, o‘rganishlar davomida qo‘mita tomonidan 113 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinib berilishi taʼminlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102320 | Инструменты