Huawei 1
Eron O‘zbekistonda junni qayta ishlash loyihalarini amalga oshirishni maqsad qilgan

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi A. Sultanov Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasining savdo maslahatchisi Rahmatullo Hurmoliy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muloqotda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida charm sanoat sohasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, eksport-import masalalari ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda charm sanoat sohasi uchun zurur xomashyo va butlovchi qismlar Erondan yetkazib beriladi. Mamlakatimiz charm ishlab chiqaruvchilari ayni vaqtda mazkur mamlakat kompaniyalari bilan hamkorlikni faollashtirib bormoqda.

Uchrashuvda Eron tomoni O‘zbekistonda tashkil etilgan charm sanoat kichik sanoat zonalarida TEP granulalari va yelim ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni bildirdi. Shuningdek, junni qayta ishlash loyihalarini istiqbolli deb baholashmoqda. Muloqotda ushbu loyihalarni amalga oshirishning kelgusi bosqichlari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Eron kompaniyalaridan iborat delegatsiya aprelda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “UzCharmExpo-EurAsia-2025” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etadi. Ma’lumot uchun, Eron tomoni “Iran Expo-2025” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston kompaniyalari uchun kvotani 120 taga oshirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22210 | Инструменты