Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi HAMAS harakatini G‘azo sektori bo‘yicha bitim talablaridan voz kechishda aybladi. Bunga javoban HAMAS kelishuvga amal qilishini ta’kidladi.
“HAMAS kelishuvga erishishga to‘sqinlik qiluvchi inqirozni so‘nggi lahzada keltirib chiqarib, bitimdan voz kechmoqda. HAMAS so‘nggi daqiqada bosim o‘tkazish maqsadida vositachilar va Isroil bilan kelishilgan aniq shartlardan bosh tortmoqda”, deyiladi Netanyaxu idorasida.
Isroil bosh vaziri kanselyariyasiga ko‘ra, vositachilar HAMAS bitimning barcha bandlarini qabul qilgani haqida xabar bermaguncha, vazirlar mahkamasi G‘azo bo‘yicha kelishuvni tasdiqlash uchun yig‘ilmaydi.
Falastinning HAMAS guruhi bunga javoban o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitimga sodiqligini ma’lum qildi. Ma’lumotni harakatning yuqori martabali vakili Izzat al-Rashik tasdiqladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11622 | Инструменты