Huawei 1
Faoliyatida sustkashlikka yo’l qo’ygan yoshlar yetakchilari ogohlantirildi

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining kengaytirilgan yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda belgilangan 8 ta mezon bo’yicha har bir tuman va shaharlardagi vaziyat tahlil qilindi. Ko’rsatkichi eng yaxshi va eng yomon bo’lgan hududlar ma’lum qilinib, sustkashlikka yo’l qo’ygan rahbarlar qat’iy ogohlantirildi. Xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax va Samarqand viloyatlari keskin tanqid ostiga olindi. 

Yig’ilishda kun tartibidagi “Otaliqqa” olingan yoshlar bilan ishlash natijalari, yoshlar bandligini ta’minlash hamda oyoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish natijalari  singari 6 ta mavzu bo’yicha har bir vazirlik, idora va tashkilotlarning 7 oylik hisoboti tinglandi. Ma’lumot o’rnida, respublikadagi har bir hududda yoshlar bilan bog’liq davlat siyosatining amalga oshirilishi avtomatik tarzda baholab boriladi. Hisobotlar mazkur baholash natijasida tuziladi.

Tadbirda respublikaning har bir hududida yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun Uychi tajribasidan foydalanish talabi haqida ham aytib o’tildi. Unga ko’ra ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashda har bir shaxs bilan individual ishlanadi va uning xohishi, qobiliyatidan kelib chiqqan holda kasbga yo’naltiriladi.

Bundan tashqari, yoshlarning bandligi ta’minlashda yer ajratib berish amaliyoti ham yo’lga qo’yilgan bo’lib, endilikda yoshlarning savdo va logistika bilan shug’illanishlari uchun ham imkoniyat yaratish lozimligi ta’kidlab o’tildi.

Yig’ilishda yoshlar bilan ishlashda salmoqli natijalarga erishayotgan va yuqori ball olgan hududlar nomi ham alohida qayd etildi. Ularga natijalarini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha vazifalar berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91801 | Инструменты