“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Fargʻona xalqaro aeroportining uchish-qoʻnish yoʻlagiga yangi yoritish moslamalarini oʻrnatish loyihasini amalga oshirdi. Bugungi kunga qadar CAT-1 tipidagi (ICAO) yangi uskunalarni ishga tushirish bo'yicha barcha ishlar yakunlandi va parvoz sinovi o'tkazildi.
"Ilgari aerodromda 1984-yilda ishlab chiqarilgan texnik va ma’naviy holati bo‘yicha eskirgan, foydalanish muddati 3 martadan o‘tib bo‘lgan va Oʻzbekiston va ICAO aviatsiya qoidalari talablariga javob bermaydigan past intensivlikdagi “Луч-4у” yoritish moslamalari o‘rnatilgan edi. Qo'nish faqat bitta yo'nalishdan amalga oshirilgan, chiroqlarning yoritilishi esa qoniqarli darajada bo'lmagan”, - deya taʼkidladi "Uzbekistan Airports" parvozlarni aerodrom-texnik taʼminlash bo'limi boshlig'i Baxtiyor Rahmatullaev.
Mazkur aeroport Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda foydalanilganligi uchun aerodromda zamonaviy jihozlarni o'rnatish bo'yicha o'zaro qaror qabul qilindi. Yangi yoritish tizimi ICAO CAT-I birinchi toifasi bo'yicha kunduzi va tunda, qiyin ob-havo sharoitida uchish-qo'nish yo'lagini ko'rish imkoniyatlarini 750x60 m bo'lgan holda har ikkala kursdan aniq qo'nishini ta'minlash imkonini beradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11621 | Инструменты