Huawei 1
Farg‘ona tumaniga kuchli sel keldi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida jabrlanganlar bo‘lmadi, biroq, ba’zi uy-hovlilar va ko‘chalar qum-shag‘alga to‘ldi.

Jumladan, Farg‘ona tumani, Shohimardon mag‘allasi hududida joylashgan Qurkul sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 m3/s sel oqimi vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan.

Farg‘ona tumani, Shohimardon qishlog‘i tog‘-adirliklaridan soat 15:30 da kuchli jala va do‘l yog‘ishi oqibatida 4-5 m3/s sel oqimi vujudga kelib, qishloq vrachlik punkti hovlisi hamda 4 ta aholi hovli joylarini qum-shag‘al bilan to‘ldirgan.

Farg‘ona tumani, Yordon mahallasi hududida joylashgan Bukan sel yo‘lidan soat 15:30 da 1,5-2 m3/s sel oqimi vujudga kelib, aholi va hududlarga zarar yetkazmagan.

Ta’kidlanishicha, hozir FVV xodimlari tomonidan hududni tozalash ishlari olib borilmoqda, aholi orasida jabrlanganlar yo‘q. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91623 | Инструменты