Huawei 1
Farg‘onada 6 yoshli bolani mashina yukxonasiga majburlab solib harakatlangan erkakka sud hukmi o‘qildi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 6 yoshli bolani o‘ziga tegishli Nexia-2 yukxonasiga solib, avtomobilni harakatlantirgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. 

May o‘rtalarida Qo‘qon shahar Obod yurt ko‘chasida yashovchi erkak ushbu ko‘chada o‘ynab yurgan 6 yoshli bolani yashash xonadoni devori va oynasiga tosh otganlikda gumon qilib, undan o‘ch olish maqsadida, uning qarshiligiga qaramasdan, o‘ziga tegishli Nexia-2 yukxonasida hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan sharoitda saqlagan holda harakatlangan. Holat yuzasidan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 

“Kun.uz”ning sud hujjatlariga tayanib yozishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining 12-iyundagi hukmi bilan M.A. Jinoyat kodeksining 138-moddasi 1-qismida (birovni zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Unga nisbatan ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. 17-maydan 12-iyunga qadar qamoqda o‘tirgan har bir kuni axloq tuzatish ishlari jazosining 3 kuniga tenglashtirilib, tayinlangan jazodan 78 kun chegirib tashlangan hamda o‘tash uchun 1 yil 9 oy 12 kun axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100510 | Инструменты