Farg‘ona viloyati Rishton tumanida erkak o‘zaro kelib chiqqan janjal sabab o‘z qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, holat Rishton tumanining “Mehnatobod” mahallasida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, ikki qo‘shni o‘rtasida yashash xonadonlari chegaralarining nizosi sabab janjal kelib chiqqan. Oqibatda jahl ustida biri ikkinchisiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazgan. Jabrlanuvchi olgan jarohati sababli vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu jinoyat viloyat IIB rahbariyati ishtirokida muhokama qilingan. Boshqarma boshlig‘i mazkur holatda janjal yuzaga kelgunicha mahalla faollari buni sezmaganini, ularni murosaga keltirmaganini tanqid qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111617 | Инструменты