Avvalroq, 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro S.T. 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A.ni o‘tkir tig‘li jism bilan o‘ng orqa va yuz sohasiga urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazganligi va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida A.A.ning hayoti saqlanib qolingan.
Fuqaro A.A. hodisa joyidan qochib ketishi natijasida S.T. jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmasdan, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Marg‘ilon shahar sudida ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 25-modda orqali 97-modda 2-qismi “d” bandi bilan aybli deb topilib, 57-moddasini qo‘llab, 11 yil muddatga, qolgan 2 nafar sudlanuvchiga esa 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30617 | Инструменты