Huawei 1
Farg‘onada milliy brend asosida traktorlar ishlab chiqariladi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Yuan Yanpin boshchiligidagi delegatsiya aʼzolarini qabul qildi.

Uchrashuvda Quvasoy shahridagi sanoat zonasida umumiy loyiha qiymati 100 mln dollar bo‘lgan, birinchi bosqichda 30 mln dollar sarflanishi ko‘zda tutilgan traktorlar ishlab chiqarish loyihasini boshlash masalasi muhokama qilindi.

Xitoylik hamkorlar bilan Farg‘ona traktor ishlab chiqarish korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Joriy yilning yakuniga qadar “Tulpor” milliy brendi asosida bir nechta rusumdagi traktorlar ishlab chiqariladi. Korxona tom qismiga 2 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega quyosh panellari o‘rnatiladi va mustaqil o‘zini elektr bilan taʼminlaydi.

Ikki bosqichli loyihaga ko‘ra, birinchi bosqichda traktorlar ishlab chiqaruvchi zavod quriladi va keyingi bosqichda butlovchi qismlar tayyorlash va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida Smart texnologiyalardan foydalaniladi. Traktorlar mahalliy va xorijiy xaridorlarga yetkazib beriladi.

Dastlabki bosqichda 250 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31418 | Инструменты