Huawei 1
Fargʻonada oktyabr-noyabr oylarida “Fargʻona gastronomik festivali” oʻtkaziladi

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyadagi World Tourism Forum Institute xalqaro turizm tashkiloti rahbari Bulut Bag‘ji hamda turizm sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi ishbilarmon Muattar Ergenni qabul qildi.

London va Dubay shaharlarida ham o‘z vakolatxonasiga ega bo‘lgan, 60 dan ziyod davlat bilan turizm sohasida hamkorlik qilayotgan World Tourism Forum Institute rahbari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Farg‘ona viloyatida turizmni yana-da rivojlantirish, viloyat imijini xalqaro miqyosda tanitish, turizm infratuzilmasi sohasiga xorijiy investorlarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomidagi muzokaralar natijasida Farg‘onada joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida Michelin Guide xalqaro restoranlarni baholash tizimi tomonidan eʼtirof etilgan dunyoning taniqli oshpazlari hamda gastronomik sohaga ixtisoslashgan bloger-inflyuyenserlarni ham jalb etgan holda “Farg‘ona gastronomik festivali”ni hamkorlikda tashkil etish, shuningdek, sentyabr oyida xalqaro turizm hamda servis kompaniyalari, aviakompaniyalar rahbarlari ishtirokida Master-klass o‘tkazish borasida kelishib olindi.

Shuningdek, viloyatimizga xalqaro mehmonxona brendlarini jalb etish bo‘yicha ham hamkorlikda ish tashkil etiladigan bo‘ldi.

Muattar Ergen bilan hamkorlikda viloyatimizda havo sharlari turizmini tashkillash, shuningdek, turizm sohasiga turkiyalik va qatarlik investorlarni jalb etish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62814 | Инструменты