Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi uylardan biri yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 27 fevral kuni soat 22:24 da Marg‘ilon shahar “Yuksalish” MFYdagi xonadonlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani yuzasidan xabar tushgan.
Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipajlari 22:32 da yetib borib, 22:36 yong‘in o‘rab olingan va soat 22:50 da batamom o‘chirilgan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30120 | Инструменты