Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi Ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaro I.I. tomonidan Sahro lochini (shaxin) qushi noqonuniy saqlab kelinayotganligi va sotuvga qo’yilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat IIB va viloyat prokuraturasi tomonidan huquqbuzarlikka chek qo’yish chora-tadbirlari olib borilib, huquqbuzar qo’lga olindi.
Ma’lumot uchun, Sahro lochini lochinsimonlar oilasiga mansub qush bo’lib, O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Uni tabiatdan noqonuniy ajratib olganlik uchun Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qarori 14-ilovasiga muvofiq BHMning 1500 barobari miqdorida (562 mln 500 ming so‘m)zarar qo‘llaniladi va zarar miqdori BHMning 300 barobaridan ko‘pligi sababli ish jinoiy tartibda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30123 | Инструменты