Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda chaqnash sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan FVB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1-mart kuni soat 15:23 da Toshkent shahar FVBga Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-4 mavzesida joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda chaqnash sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan. Voqea joyiga FVB, IIBB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
Hozirda manzilda qutqaruv ishlari olib borilmoqda va 5 nafar fuqaro qutqarilgan, halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30121 | Инструменты