Huawei 1
NYT: Tramp Zelenskiy bilan janjaldan keyin Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni butunlay to‘xtatishi mumkin

AQSh ma’muriyati vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga yo‘naltirilgan barcha harbiy yordam – jumladan, Jo Bayden davrida tasdiqlangan o‘q-dorilar va texnikalar yetkazib berilishi – yaqin kunlarda bekor qilinishi mumkin. The New York Times nashrining xabar berishicha, bu qaror 28 fevral kuni Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasida Oq uyda yuz bergan mojarodan so‘ng qabul qilinishi ehtimoli bor.

AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish deyarli to‘xtagan

Manbalarga ko‘ra, Tramp nafaqat qurol yetkazib berishni, balki Ukrainaga ko‘rsatilayotgan bilvosita harbiy yordamlarga ham chek qo‘yishi mumkin. Ular orasida quyidagilar bor:

 • AQSh va Ukraina o‘rtasidagi razvedka ma’lumotlari almashinuvi;
 • Ukrainalik harbiy xizmatchilar va uchuvchilarni tayyorlash dasturlari;
 • Germaniyada joylashgan, xalqaro harbiy yordamni muvofiqlashtiruvchi call-markaz faoliyati.

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, AQShdan Ukrainaga qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berish allaqachon “deyarli to‘xtagan”.

Vashington Ukrainaga yordamni qanchalik davom ettiradi?

28 fevral kuni Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv mojaroga aylanib, muzokaralar muddatidan oldin tugatilgan edi. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, AQSh ma’muriyati Kiyevga kelgusi oylarda qanday harbiy va siyosiy yordam ko‘rsatishi haqida aniq qarorga kelmagan. The Washington Post ham Vashington harbiy yordamni butunlay to‘xtatishi mumkinligini bildirdi.

Hozircha, Ukrainaga ko‘rsatiladigan yordam hajmi va muddati noaniq bo‘lib qolmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30121 | Инструменты