Huawei 1
Farg‘onalik 60 yoshli “dehqon” o‘z uyida 47 tup ko‘knori yetishtirdi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 60 yoshli fuqaro o‘z yashash xonadonida 47 tup ko‘knori parvarishlayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan “Qoradori-2025” tezkor tadbiri davomida 1965 yilda tug‘ilgan Ashirqulmergan mahallasida yashovchi Yo.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 47 tup ko‘knori o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi  (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52400 | Инструменты